Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekistonning Jahon banki bilan keng ko‘lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekistonning Jahon banki bilan keng ko‘lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda sheriklik munosabatlari yuksak darajaga chiqib, salmoqli natijalar berayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston bankning eng yirik hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oshdi. Jahon banki iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning barqaror rivojini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda moliyaviy, konsultativ va texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Bank ko‘magida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar mexanizmi takomillashtirildi, ularni tayyorlashni tezlashtirish va sifatini oshirish bo‘yicha yangi tartib qabul qilindi.
Kambag‘allikka qarshi kurashish, eng avvalo, turizm sohasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish kabi yo‘nalishlar kelgusi amaliy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Uglerod chiqindilarini qisqartirish, urbanizatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi hamkorlik rejalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

20:28 / 07.04.2025