AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Amerika senatorlari sanksiyalarga duchor bo‘lgan Rossiya «xufiyona flot»i ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini Kongressga taqdim etdi.

Foto: thebarensobserver.com
Finlandiyaning CREA tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday flot ayni damda Rossiyadan eksport qilinayotgan neftning uchdan ikki qismini tashiydi.
Reuters agentligi tanishgan qonun loyihasi matniga ko‘ra, AQSh hukumati Moliya vazirligi «qora ro‘yxat»ga kiritgan tankerlardagi neftini musodara qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday holatda musodara qilingan neft sotiladi va tushgan mablag‘ AQSh davlat qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.
Sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida loyiha mualliflari Moliya vazirligi qoshida 150 mln dollarlik budjetga ega bo‘lgan Russian Sanctions Enforcement Fund jamg‘armasini tashkil etishni taklif etmoqda.
Respublikachi senator Joni Ernstning ta’kidlashicha, qonun loyihasi josuslik ma’lumotlari almashinuvini kengaytiradi hamda huquqni muhofaza qilish organlariga noqonuniy neft savdosi tarmoqlariga qarshi kurashish uchun instrumentlar taqdim etadi.
«Ushbu qonun loyihasi Moskva tomonidan AQSh qonunlarini zaiflashtirishga qaratilgan yovuz urinishlarni bartaraf etibgina qolmay, mamlakatimiz uchun musodara qilingan aktivlardan foydalanish imkonini ham yaratadi», — dedi Ernst.
2024 yil yanvar oyi oxirida AQSh sanksiyalari doirasida turli cheklovlar, jumladan, G7 mamlakatlari joriy qilgan berreliga 60 dollarlik narx chegarasini chetlab o‘tgan holda Rossiya neftini tashiyotgan 200 ta tanker bo‘lgan.
Jo Bayden ma’muriyati tomonidan uning prezidentlik muddati yakunlanishidan oldin joriy etilgan eng yirik sanksiya to‘plamida bir zumda 180 ta kema «qora ro‘yxat»ga kiritilgan. S&P Global ma’lumotlariga ko‘ra, ular Rossiyaning dengiz orqali neft eksportining yarmini (kuniga taxminan 1,5 mln barrel) amalga oshirgan.
Shu tankerlardan biri — Panama bayrog‘i ostida harakatlangan Eventin mart oyi oxirida Germaniyaning dengiz xizmatlari tomonidan nazoratga olingan. Bortdagi 100 ming tonna atrofidagi neft yuki musodara qilingan.
Mavzuga oid

22:17 / 10.04.2025
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi

19:18 / 09.04.2025
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters

08:12 / 08.04.2025
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi

08:00 / 07.04.2025