Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
Xitoyning Leapmotor brendi o‘ziga tegishli avtomobillarni O‘zbekistonda sertifikatsiyalash to‘xtatilgani yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Kompaniya rasmiy tasdiqlangan standartlar asosida takroriy tekshiruv o‘tkazilishi, bu tekshiruv shaffof, adolatli va xolis o‘tishiga umid bildirgan.

Foto: Leap Motors
O‘zbekistonda Xitoyning Leapmotor brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli to‘xtatilgandi. Bunga shu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilyapti.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, mazkur transport vositasida hosil bo‘ladigan elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori bo‘lgan.
Leapmotor holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“So‘nggi paytlarda internetda O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi Leapmotor C16 elektromagnit moslik sinovidan o‘ta olmagani haqida ogohlantirish xati bergani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.
Bunga javoban, Leapmotor batafsil tekshiruv o‘tkazdi va quyidagilarga aniqlik kiritdi:
Ogohlantirish xatida ko‘rsatilgan avtomobil Leapmotor tomonidan yuborilmagan. Test qanday shart-sharoitlarda o‘tkazilgani noaniq bo‘lgani uchun biz test natijalari bo‘yicha fikr bildirishdan tiyilamiz.
Masalaga oydinlik kiritish uchun O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi bilan faol muloqot qilyapmiz. Ikkala tomon ham rasmiy tartib-qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta sinovni tashkil etish ustida ishlamoqda. Faktlarni aniqlash hamda Leapmotor va mijozlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish uchun jarayon shaffof, xolis va adolatli bo‘ladi, deb umid qilamiz”, – deyiladi bayonotda.
Avvalroq Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Leapmotor masalasida Xitoy kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga kelishi va ularning ishtirokida takroriy sinov o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

14:18 / 04.04.2025
“Leapmotor” sinovi xitoylik mutaxassislar ishtirokida qayta o‘tkaziladi

08:43 / 03.04.2025
2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani aytildi

20:13 / 02.04.2025