Jahon | 22:13 / 11.04.2025
2499
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi

Investorlar umumiy hisobda 16 milliard dollarni Amerika fondlaridan qaytarib oldi, bu rekord ko‘rsatkich.

Foto: AP

Tavakkal (junk) obligatsiyalar va kreditlarga sarmoya kirituvchi fondlar o‘tgan haftada Qo‘shma Shtatlardan kapital oqimining misli ko‘rilmagan darajasini kuzatdi, deb yozdi Financial Times.

Investorlar umumiy hisobda 16 milliard dollarni Amerika fondlaridan qaytarib olgan. JPMorgan ma’lumotlariga ko‘ra, bu rekord darajadagi ko‘rsatkich.

Bozorning ushbu segmentidan ommaviy chiqib ketish Tramp 2 aprelda AQSh asosiy savdo hamkorlariga yirik tariflarni e’lon qilganidan keyin boshlandi. Investorlar iqtisodiy pasayishdan qo‘rqib, mablag‘larni naqdlashtirishga shoshilishdi.

Investorlar iqtisodiy pasayishdan qo‘rqmoqda va xavfsizroq aktivlarni izlamoqda. 10 aprel kuni tariflar kechiktirilishi haqidagi xabarlardan keyin bozorlarning qisqa muddat tiklanishiga qaramay, ertasi kuni yana pessimizm qaytdi. Sababi, Xitoy tovarlariga universal 145 foizlik bojlar bo‘yicha xavotirlar, bu nafaqat o‘sishni sekinlashtirishi, balki dunyodagi eng yirik iqtisodiyotda retsessiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Investorlarning ommaviy chiqishi tavakkal qimmatli qog‘ozlar narxining keskin pasayishiga olib keladi. Kredit reytingi zaif bo‘lgan firmalar qarz evaziga yashaydi - ular pul yig‘ish uchun obligatsiya chiqaradi. Ammo investorlar tavakkal qilish ishtahasini yo‘qotganda, qarz beradigan hech kim qolmaydi - yoki faqat katta foiz stavkalarida beriladi. Bu bankrotliklarga, keyin esa bankrotliklarning zanjirli reaksiyasiga olib kelishi mumkin. Yo‘qotishlar to‘planib, tarqalsa, u kreditlashni, investitsiyalarni kamaytiradi va iqtisodiyotni muzlatib qo‘yadi. Odamlar ishini, kompaniyalar buyurtmalarni yo‘qotadi.

Mavzuga oid