Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
16 yoshdan kichik shaxslar bir qancha funksiyalardan foydalana olmaydi.
Amerikaning Meta texnologiya kompaniyasi Instagram platformasida «o‘smirlar akkaunti»ga oid yangi qoidalarni e’lon qildi. Bu haqda Engadget xabar berdi.
Jumladan, 16 yoshdan kichik foydalanuvchilar ota-ona ruxsatisiz «jonli efir» funksiyasidan foydalana olmaydi yoki shaxsiy xabarlarda avtomatik xiralashtirish funksiyasini o‘chira olmaydi. Bunday cheklovlar Facebook va Messenger uchun ham joriy qilinadi.
Keyingi oylarda innovatsiyalar AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada sinovdan o‘tkaziladi.
Instagram 2024 yil sentabrida bolalar va o‘smirlarning platformadan foydalanishini cheklovchi hamda xavfsizlik choralarini o‘z ichiga oluvchi «Teen Accouns» ilovasini taqdim etgan edi.
2024 yil yanvar oyida AQSh Senatidagi tinglovlar chog‘ida Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiladi) korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlangan bolalarning oilalaridan kechirim so‘radi.
Tinglov internetda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish muammolari, kiberbulling, giyohvand moddalar haqidagi materiallar, otishma va o‘z joniga qasd qilish usullari va boshqa ko‘plab masalalarga bag‘ishlandi.
Tsukerberg bunday holatlarning oldini olish uchun platformaga ko‘plab sarmoya kiritilishiga va’da berdi.
Mavzuga oid
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025