14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 14 aprel, dushanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:39 / 14.04.2025
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

21:37 / 11.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

11:27 / 11.04.2025