Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi
AQSh energetika vaziri Kris Raytga ko‘ra, keyingi to‘rt yilda neft narxlari Bayden davridagidan past bo‘ladi.
AQSh energetika vaziri Kris Rayt ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyati davrida energiya resurslari narxi avvalgi ma’muriyat davridagiga nisbatan past bo‘ladi. Bu haqda u Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi brifingda aytdi. Uning so‘zlarini Bloomberg agentligi keltirmoqda.
«Prezident Tramp rahbarligida keyingi to‘rt yilda biz so‘nggi to‘rt yilga qaraganda ancha past energiya narxlariga guvoh bo‘lamiz», — dedi Rayt.
Buni ta’kidlar ekan, vazir aniq raqamlar va narx ko‘rsatkichlarini keltirmagan.
Jo Bayden ma’muriyati davrida AQSh energetika siyosati masalasida Saudiya Arabistoni bilan bir necha marta ziddiyatga borgan. Buning sababi — Vashingtonning neft qazib olish hajmini oshirish va inflatsiyaga qarshi kurashish maqsadida narxlarni pasaytirish iltimoslarining saudiyaliklar tomonidan inkor etilishi bo‘lgan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2017–2021 yillarda neftning o‘rtacha narxi bir barreli uchun 83 dollar atrofida bo‘lgan.
«Men hozir neft narxi qayerda ekani yoki qaysi tomonga ketayotgani haqida izoh berolmayman. Ammo agar investitsiyalar uchun to‘siqlar kamaytirilsa, infratuzilmani qurish osonlashtirilsa, energiya manbalari yetkazib berish xarajatlari ham kamayadi», — degan vazir Rayt.
Avvalroq Donald Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirgani ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025