O‘zbekiston | 14:48 / 14.04.2025
8666
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda. 

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi xabar berishicha, 2025 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.

Shundan:

ayollar soni — 18 714,9 ming kishi;
erkaklar soni — 18 982,9 ming kishi;
shahar joylarda — 19 216,4 ming kishi;
qishloq joylarda — 18 481,4 ming kishi.

Mamlakat aholisi 2025 yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2025 yilning har bir oyida o‘rtacha 51,5 ming kishiga oshgan, har bir kunida esa doimiy aholi soni o‘rtacha 1,7 ming kishiga ko‘paymoqda.

Mavzuga oid