Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
Zilzila episentri O‘sh viloyatida joylashgan. Andijon viloyati hududida sezilish kuchi - 2-3 ball.

Foto: Getty images
14 aprel kuni soat 22:11 da Qirg‘iziston hududida 3,8 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila episentri O‘sh viloyatida, 10 km chuqurlikda joylashgan.
O‘zbekiston FVV qo‘shni mamlakatdagi zilzila episentrida sezilish kuchi 4 ball bo‘lganini xabar qildi. Zilzila episentri Toshkentdan 312 kilometr janubiy-sharqda.
Zilzila Andijon viloyatining quyidagi qator tumanlari hududida sezilgan:
- Xo‘jaobod tumanida 3 ball,
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball,
- Jalaquduq tumanida 3 ball,
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball,
- Xonobod tumanida 2-3 ball,
- Marhamat tumanida 2 ball,
- Andijon tumanida 2 ball,
- Andijon shahrida 2 ball,
- Asaka tumanida 2 ball,
- Paxtaobod tumanida 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sezilgan edi.
Mavzuga oid

10:06
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:02 / 11.05.2025
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025