AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda
Donald Tramp 90 kunlik bojlar to‘xtatilishi haqida e’lon qilganidan bir necha soat oldin Shveytsariya prezidenti va moliya vaziri Karin Keller-Zutter bilan muhim telefon muloqoti o‘tkazgan.

Foto: Swissinfo
Bloomberg agentligining xabar berishicha, aynan shu suhbat Trampning savdo to‘qnashuvida pozitsiyasini yumshatish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilishda hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.
Bir vaqtning o‘zida ham moliya vaziri, ham mamlakat prezidenti Keller-Zutter 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan suhbatni ijtimoiy tarmoqda «ochiq va konstruktiv» deb atadi. U Bernning ikki tomonlama savdo bo‘yicha pozitsiyasini bayon etgani va AQSh manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha yo‘llarni belgilaganini ta’kidladi. Tomonlar yaqin vaqtda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan.
Bloomberg tahliliga ko‘ra, Shveytsariya prezidenti yarim soat ichida gapning mohiyatiga o‘tgan va aynan shaxsan Trampning moliyaviy manfaatlariga ta’sir qiladigan faktlarga urg‘u bergan.
Keller-Zutter mamlakatining AQSh iqtisodiyotidagi roliga e’tibor qaratgan: Shveytsariya Amerikadagi investitsiyalar bo‘yicha 6-o‘rinda, ishlab chiqarish sohasida — 4-o‘rinda, tadqiqot va ishlanmalar sohasida esa — 1-o‘rinda turishiga urg‘u bergan.
«Men buni prezident Trampga tushuntirdim — va o‘ylayman, bu qaror qabul qilinishda ahamiyat kasb etdi», — degan u.
Avvalroq Tramp Shveytsariyadan keladigan barcha tovarlarga 31 foizlik boj joriy etish niyatida edi — bu Yevropa Ittifoqiga nisbatan belgilangan 20 foizdan ham yuqori. Bu qaror Bernda jiddiy xavotir uyg‘otdi: Shveytsariya iqtisodiyoti eksportga yo‘naltirilgan va bunday yuqori tariflar uning asosiy tarmoqlariga jiddiy zarba bo‘lardi.
Bundan tashqari, «Trump Watches» brendining ayrim lyuks soat modellari aynan Shveytsariyada ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida 2999 dollarlik xronograf va 100 ming dollarlik Tourbillon modeli bor. Bojlar ushbu ishlab chiqarishni bankrotlik bo‘sag‘asiga olib kelishi mumkin edi.
Shu bilan birga, Shveytsariyadan AQShga olib kirilayotgan oltin hajmi keskin oshgan, dunyoda esa qimmatbaho metall narxlari tarixiy rekordlarni yangilayotgan bir paytda, Shveytsariya bojlarni to‘xtatishga erishdi.
Endi bu qanchagacha davom etadi, degan savol vujudga kelmoqda: Donald Tramp 3 oydan so‘ng bojlarni qayta joriy etmaydimi?
Mavzuga oid

13:29
Tramp nolegal migrantlarga «o‘zi ixtiyori bilan mamlakatni tark etish» dasturini e’lon qildi

13:03
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

13:03
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi

11:06