Gaz korxonasiga qarashli gaz ballonlarini noqonuniy sotayotgan fuqaro aniqlandi
Namanganda gaz ta’minoti korxonasiga qarashli maishiy gaz ballonlari fuqaro xonadonida noqonuniy tarzda saqlanayotgani aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Namangan tumani “Past Qiyot” MFYda yashovchi fuqaro X.Z. xonadonida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
O‘rganish davomida fuqaro X.Z. maishiy suyuq gaz ballonlarini fuqarolarga 120 ming so‘mdan sotayotgani hamda aholi xonadonlariga tegishli bo‘lgan turli xil hajmdagi maishiy gaz ballonlari gaz ta’minoti korxonalarining raqamli shifr (stiker)lari mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025