O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Britaniya elchisi bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar.
Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik to‘g‘risida ta’kidlandi.
Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

09:04
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

20:13 / 16.05.2025