Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda YPXning ikki xodimi va Cobalt haydovchisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan Cobalt haydovchisi qamoqqa olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPXning ikki xodimi va Cobalt haydovchisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqalgandi. Videoda haydovchi xodimni musht bilan urganini ham ko‘rish mumkin.
G‘uzor tumani IIB YHXB inspektori Shahzod Nazarovning ma’lum qilishicha, belgilangan hududda xizmat olib borayotganida Cobalt avtomobili to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan yo‘l belgisi o‘rnatilgan joyda qoldirib ketilganiga guvoh bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay haydovchining o‘zi kelgan mashinaga orqa eshikdan kirib olgan, xodim undan hujjatlarini so‘raganida esa uning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan avtomobilini haydab ketishga uringan.
Cobalt haydovchisi YPX xodimlariga bo‘ysunmay, qochishga uringani, uni avtomobildan tushirib olishgani uchun jahli chiqib janjallashib ketganini tan olgan va qilmishidan pushaymonligini aytib, kechirim so‘ragan.
Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:32 / 13.04.2025
Toshkentda raqamsiz Spark haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

16:55 / 06.04.2025