Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Suhrob Tavboyev yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: O‘zA
Tavboyev Suhrob To‘rabek o‘g‘li Soliq qo‘mitasining Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1990 yilda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2023 yil avgustidan buyon Ulug‘bek Xatamov ishlab kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid

11:53
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025