Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Isroil tomoni Vashingtonning ushbu qarorini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Ammo AQSh bu urinishlar samarasiz ekanini bildirgan.
AQSh Isroilni ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni rejalashtirayotgani haqida xabardor qildi, deb yozmoqda Ynet.
Qayd etilishicha, Isroil bunday voqealar rivojining oldini olishga harakat qilgan, biroq AQSh bu urinishlar samarasiz bo‘lganini ochiq aytgan. Shu bilan birga, Isroil mudofaa idoralari vakillari Vashington o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi uchun harakat qilishni davom etmoqda.
Yuqori martabali amaldorlardan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, gap AQShning Suriyadagi qo‘shinlarini qisman olib chiqish haqida ketayotgan bo‘lish mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Amerika kontingentining Suriyani tark etishi, Turkiyani mintaqadagi o‘z ta’sirini kengaytirishiga undashidan xavotirda.
AQSh Mudofaa vazirligi Suriyadagi Amerika qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketish rejasini tayyorlayotgani to‘g‘risida NBC News telekanali fevral boshlarida xabar bergandi. Pentagonning 2024 yil dekabr oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada 2 mingga yaqin amerikalik harbiy mavjud.
AQShning Suriyadagi asosiy missiyasi — IShIDga qarshi turish va Vashingtonning mahalliy ittifoqchilarini, jumladan, Suriya demokratik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash edi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025