Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Do‘stlik» postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi – prezident
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralar oldiga vodiydagi eng yirik bojxona postidagi tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, har yili Andijondan Qirg‘izistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda. Shu sababli, Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobodda ham xuddi Afg‘oniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilishda Farg‘ona vodiysidagi eng yirik bojxona postlaridan biridagi vaziyatga to‘xtalib o‘tildi.
«Xo‘jaoboddagi «Do‘stlik» postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temiryo‘lini qurish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.
«Lekin, ichki temiryo‘l tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va o‘tkazishga qanchalik tayyor?», — degan davlat rahbari.
Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025