O‘zbekiston | 14:00 / 16.04.2025
1266
3 daqiqa o‘qiladi

Fintex va transport: ATTO bozor ishtirokchilarini "Raqamlilashtirish va jamoat transportini rivojlantirish istiqbollari" soha konferensiyasida birlashtiradi

15 aprel kuni Toshkentdagi InterContinental Tashkent mehmonxonasida jamoat transporti sohasidagi ATTO milliy raqamli to‘lovlar platformasi tomonidan tashkil etilgan "5 yil birga" soha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda banklar, to‘lov tashkilotlari, transport kompaniyalari va davlat tuzilmalari vakillari qatnashdi.

Foto: ATTO

Konferensiya kompaniyaning besh yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekistonning transport infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish maydoniga aylandi. Biznes dasturi transport va fintex sohalarining yetakchi mutaxassislari taqdimotlari va chiqishlarini o‘z ichiga oldi.

So‘nggi yillarda ATTO shahar transportida naqdsiz to‘lovga o‘tishda muhim rol o‘ynadi. Bugungi kunga kelib tizim O‘zbekistonning yirik shaharlarini qamrab olgan bo‘lib, naqd pul aylanishiga tushgan yukni kamaytirdi, yo‘lovchilarning yo‘llarini osonlashtirdi va transport operatorlari hamda moliyaviy institutlar uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

ATTO platformasi shahar mobilligini raqamli transformatsiya qilish sohasida innovatsion loyiha sifatida ishga tushirilgan. Besh yil mobaynida u to‘liq ekosistemaga aylandi va bank kartalari, QR-to‘lovlar, davlat va xususiy tashuvchilar bilan integratsiyalashdi. Loyiha fintex va transport sohalarida davlat va biznes o‘rtasida samarali hamkorlik namunasiga aylandi.

“Raqamlilashtirish, o‘z navbatida, transportning transformatsiyasi uchun yana bir muhim tayanchdir. Ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish xizmatlarga kirishni osonlashtiradigan va foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydigan integratsiyalashgan transport tizimini yaratish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari, mobil ilovalar va harakatni boshqarish uchun intellektual platformalar — bularning barchasi jarayon ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, — dedi O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari Ilxomjon Abdug‘affarov.

“Biz shahar hayotini qurishda arxitektor bo‘lishga intilamiz, bu orqali texnologiyalar qulaylik, shaffoflik va rivojlanish uchun xizmat qiladi. "5 yil birga" konferensiyasi — bu natijalarni sarhisob qilish imkoniyati, eng muhimi, mamlakatning barqaror va integratsiyalashgan transport tizimi sari qo‘shimcha qadamlarni belgilash”, — ta’kidladi ATTOning ijrochi direktori Davron Shoyokubov.

Konferensiya UZCARD kompaniyasining bosh homiyligida o‘tkazildi. Eng yirik milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlik, mamlakatning raqamli infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun transport va moliya sohalari o‘rtasidagi muloqotning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Mavzuga oid