Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi
Kreml Ukraina bilan kifoyalanmasligi, boshqa hududlarga ham ko‘z tikkani haqida ochiq ishora qilmoqda, deb yozmoqda Amerikadagi Urushni o‘rganish instituti tahlilchilari.

Foto: RTVi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina bilan qandaydir yakunlangan kelishuvga erishmagan, shuningdek, Putin yana bir qator mintaqalarga — Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazga qiziqish bildirmoqda, deyishmoqda tahlilchilar.
Lavrov Donbass va «Novorossiya» hududlarini Ukrainaga tegishli deb hisoblamasligini yana bir bor ta’kidladi. Unga ko‘ra, Odessa rossiyaliklar tomonidan qurilgan va Kiyev hukumati bu shahar aholisi manfaatlarini ifoda etolmaydi. Vladimir Putin esa 2023 yilda Qrim, Odessa va butun Qora dengiz mintaqasini Ukraina bilan bog‘lash mumkin emasligini aytgan edi.
Lavrovning so‘zlaricha, Rossiya uchun xavfli narsa — «fashistlar» tarixan Rossiya imperiyasi yoki SSSRga tegishli bo‘lgan yerlarni egallashi. Uning bu bayonoti Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlari, Moldova va SSSR tarkibida bo‘lgan boshqa davlatlarga qarata da’volarini anglatadi.
Shuningdek, Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham Finlandiya va NATO mamlakatlariga tahdid qilgan. Uning bayonotlarida Putinning 2022 yilgi Ukrainaga bostirib kirishidan oldingi ritorikasi qayta aks etmoqda. U, xususan, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha birinchi bo‘lib «aziyat chekishini» aytib o‘tgan.
Narishkin Trampning Yevropa mamlakatlarini o‘z mudofaa qobiliyatini mustaqil ravishda kuchaytirishga chaqiruvini ham tanqid qilib, bunday harakatlar Rossiyani o‘ziga xos ravishda «himoya» choralarini ko‘rishga majbur qilayotganini aytdi. Kreml vakillari 2023–2024 yillarda NATOga nisbatan bir necha bor ochiq tahdid qilgan.
Mavzuga oid

01:09
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi

22:46 / 19.05.2025
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi

20:50 / 19.05.2025
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens

15:01 / 19.05.2025