Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
Fransiya Jazoirning Fransiya diplomatik missiyasining 12 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi yaqinda qabul qilgan qarori munosabati bilan simmetrik choralarni e’lon qildi. Parij Jazoir «eskalatsiya yo‘lini» tanlaganini aytdi.

Foto: Getty images
Fransiya 12 nafar jazoirlik diplomat va konsullik xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborish va Jazoirdagi elchisini chaqirib olish qarorini e’lon qildi. Bu haqda Yelisey saroyining 15 aprel, seshanba kuni chop etilgan bayonotida aytiladi. Jazoir vakillariga Fransiyani tark etishlari uchun 48 soat vaqt berildi.
Parijning bu harakati Jazoirning Fransiya elchixonasining 12 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi xuddi shunday qaroriga javob bo‘ldi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning idorasi Jazoirning harakatlarini «tushunarsiz va oqlab bo‘lmaydigan» deb atadi va muloqotni qayta boshlashga chaqirdi. «Ikki tomonlama munosabatlarimiz keskin yomonlashgani uchun javobgarlik Jazoir hukumati zimmasiga tushadi», — deyiladi hujjatda.
Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun va Emmanuel Makronning mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni tiklashga qaratilgan telefon suhbatidan atigi ikki hafta o‘tib ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar bunday tus olganidan Fransiya «hayratda». Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning aytishicha, Jazoir «eskalatsiya yo‘lini tanlagan».
O‘tgan yili Fransiya Marokashning G‘arbiy Sahro, ya’ni "Polisario fronti" partizan harakati Jazoir ko‘magida mustaqillik uchun kurashayotgan bahsli hududdagi suverenitetini tan olganidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi, deb yozadi AFP. Biroq keskinlashuvning so‘nggi bosqichi joriy yilning aprel oyida sodir bo‘ldi, o‘shanda uch nafar Jazoir fuqarosi, jumladan, Jazoir elchixonasi xodimi Fransiyada hibsga olindi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

17:49 / 15.04.2025
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi

14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti

08:30 / 07.04.2025