Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda O‘zbekiston madaniy hordiq bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi
Xitoy poytaxtida World Leisure Awards 2024 mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston 2024 yilda madaniy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi yo‘nalish deb topildi.
Travel&leisure nashri tomonidan tashkil etilgan tadbirda xorijiy diplomatik korpus, turizm sohasi mutaxassislari va Xitoy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Nashr bosh muharriri va asoschisi Syao Yan o‘z chiqishida, O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega va mamlakat sayyohlar uchun eng qulay joylardan biri ekanini ta’kidladi. "O‘zbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani, e’tiborlidir", dedi u.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishdilar. Mamlakatda turizmning yangi yo‘nalishlari rivojlanib, infratuzilma yaxshilanayotgani, O‘zbekiston sayyohlik markazi sifatida e’tirof etilayotgani qayd etildi.
2025 yil Xitoyda "O‘zbekiston Turizm yili" deb e’lon qilingani va ushbu yil doirasida mamlakatning turli shaharlarida madaniy tadbirlar o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Ma’lum qilinganidek, xitoylik sayyohlarning O‘zbekistonga oqimini ko‘paytirish maqsadida ikki davlat o‘rtasidagi havo qatnovlari soni ikki barobarga oshirildi.
Shuningdek, 2025 yilda YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 1985 yildan buyon ilk bor Parijdan tashqarida, ya’ni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishiga urg‘u berildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025