Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, ba’zi siyosiy bashoratlarga qaramay, bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
1997 yilda amerikalik geostrateg Zbignev Bjyezinskiy «Buyuk shaxmat taxtasi» kitobida Farg‘ona vodiysini geosiyosiy keskinlik o‘chog‘iga aylanishini bashorat qilgan, ayrim ekspertlar esa hatto «porox bochkasi»ga o‘xshatgan edi. Ammo bu bashorat ro‘yobga chiqmadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov yozdi.
«Darhaqiqat, uchta mustaqil mamlakatga daxldor bu qadimiy hududda yaqin-yaqingacha shunday voqealar ro‘y berdiki, ko‘pchilik bu mash’um bashorat haqiqatdan unchalik ham yiroq emasligiga ishongandi. Ammo bugun biz butunlay boshqacha voqelikda yashamoqdamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligi, tizimli va chuqur o‘ylangan islohotlari tufayli Farg‘ona vodiysining uchta viloyati va uning yuragi bo‘lmish Andijon butunlay o‘zgarib ketdi», deb yozdi Asadov.
Prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, bugungi kunda Andijon iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlik tashabbusi, innovatsiya ruhi, intellektual taraqqiyot va madaniy tiklanishning qudratli markaziga aylangan. Bu shunday zaminki, har bir yangi loyiha kelajak poydevorini mustahkamlaydigan tamal toshidir. Bu yerda odamlar orzu qilyapti va o‘z maqsadiga erishyapti. O‘qiyman, izlanaman, daromad topaman va boshqalarga ham daromad manbai yarataman deganlarga – keng yo‘l. Yangi – Bobur shahri qurilmoqda.
«Tan olish kerak, Andijon - ilm, intilish, mehnatsevarlik va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan davlat siyosati butun bir hududni naqadar o‘zgartirib yuborishi mumkinligining yorqin namunasidir. Aholisi zich, yer resurslari cheklangan, yaqingacha sanoati faqat Asaka zavodidan iborat bo‘lib kelgan viloyat ahli Prezidentimiz olib borayotgan islohotlar kuchidan, yaratilgan har bir imkoniyatdan to‘liq, maksimal darajada foydalanyapti, har jabhada real, kundalik hayotda sezish mumkin bo‘lgan natijalarga erishayapti. Bundan quvonsak va ibrat olsak arziydi, albatta», deb yozdi Asadov.
Uning ta’kidlashicha, eski bashoratlarni unutish vaqti keldi. Endi uch davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va do‘stligi tufayli bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi.
«Andijon, Farg‘ona va Namanganga kelsak, ular ertangi kunga ishonch va kuchli, adolatli davlat rahbarining e’tibori bilan xalqimiz nimalarga qodir ekanini isbotlamoqda», deb yozdi Asadov.
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

16:32 / 18.04.2025
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

15:33 / 18.04.2025
«Ayrim rahbarlar tadbirkorlarga yordam berish o‘rniga, ularga to‘siq bo‘lmoqda» – prezident

14:44 / 18.04.2025