Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Moliyaviy axborot, dasturiy ta’minot va media xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri Bloomberg LP O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Foto: Bloomberg
Bloomberg O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.
«Dunyodagi eng yirik moliya va biznes ma’lumotlari terminali, tahlil vositalari va yangiliklar tizimini taqdim etuvchi Amerikaning Bloomberg LP kompaniyasi O‘zbekistonda QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi», deyiladi inspeksiya xabarida.
Bloomberg LP bu – moliyaviy axborot, dasturiy ta’minot va media xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy kompaniya bo‘lib, 1981 yilda Maykl Blumberg tomonidan asos solingan. Kompaniya 70 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 69 taga yetdi. 2025 yil boshidan beri jami 9 ta kompaniya soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Mavzuga oid

16:32 / 18.04.2025
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

11:02 / 10.04.2025
Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

12:33 / 09.04.2025
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

15:54 / 03.04.2025