Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya taraqqiyot banki o‘rtasida «Mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish» loyihasining III fazasi doirasida 23,5 mln yevro kredit va 3 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha bitim imzolandi.
Joriy yilning 17 aprel kuni Germaniya taraqqiyot bankining (KfW) Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqaruvchisi Yonas Ratfelder boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IMV axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida tomonlar kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratishda hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muhokamalar olib borgan.
Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi va hududlarni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kapital va moliya bozorlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan.
Shu bilan birga, Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida «Mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish» loyihasining III fazasi yuzasidan 23,5 mln yevro kredit va 3 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha bitim imzolangan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:22 / 28.04.2025
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
15:24 / 09.03.2025
Farg‘onada onlayn qimorga berilgan shaxs yashirincha hamkasblari nomiga kredit olib, ularni ham yutqazdi
12:13 / 07.03.2025