Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Latviya Transport va kommunikatsiyalar instituti delegatsiyasining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Osiyo xalqaro aviatsiya forumi"da ishtiroki tashkil etildi.
Safar doirasida institut boshqaruvi a’zosi Mixail Savrasov va "Raqamli iqtisodiyot va biznes" doktoranturasi direktori, professor Inna Stetsenko Toshkent davlat transport universiteti prorektori Bahodir To‘rayev va Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azim Husanov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida transport va logistika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent davlat transport universitetida Yevropa standartlari bo‘yicha sertifikatlangan holda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlaridagi yetakchi transport-logistika kompaniyalariga ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Latviya Transport va kommunikatsiyalar instituti professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan amaliy va uslubiy o‘quv dasturini ishlab chiqish jarayonini boshlashga qaror qildi.
Professor Inna Stetsenko Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida professor-o‘qituvchilar uchun "Ekoturizm va "yashil iqtisodiyot" mavzusida ma’ruza o‘qidi. Tadbirda turizm sohasida Yevropa standartlarini joriy etish va O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashildi.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025