O‘zbekiston | 17:32 / 18.04.2025
1429
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi etib tayinlangan Nodirjon Turg‘unov mamlakat TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topshirdi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekistonning Bahraynga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Ar-Riyod shahrida) Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Roshid az-Zayaniyga ishonch yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topshirdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suhbat davomida o‘zaro munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyorlik tasdiqlandi.

Bahrayn tashqi ishlar vaziri uchrashuv yakunida O‘zbekiston elchisiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi mas’uliyatli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirjon Turg‘unov 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni elchisi sifatida Ar-Riyod shahriga kelgan edi. Shuningdek, u 2024 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Mavzuga oid