“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Mashinada bo‘lgan yigit otasining nomida bo‘lgan Gentra'ni haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan ayolga boshqarishga bergan. YPXdan qochgan ayol Damas, Cobalt, 2 ta Gentra hamda Matiz bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Gentra'da bo‘lgan 3 kishi 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Yigit va Gentra'ni boshqargan ayolga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida YPXdan qochgan qora Gentra 5 ta mashina bilan to‘qnashgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 19 aprel kuni fuqaro O.J. otasi nomida bo‘lgan Gentra mashinasini tanishi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan S.P.ga boshqarish uchun taqdim qilgan. O‘zi mashinaning old yo‘lovchi o‘rindig‘ida kelgan. Avtomobilning orqa o‘rindig‘ida esa uch nafar tanishlari – P.G., Q.D., R.B. (barchasi ayol) bo‘lgan.
Ular Chilonzor tumani TXAY-Chorbog‘ ko‘chasida tartibsiz harakatlanib, dastlab Damas mashinasini urib yuborib, shikast yetkazgan.
Shunda ushbu yo‘nalishda xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari ularga to‘xtash buyrug‘ini bergan. Biroq S.P. bunga bo‘ysunmasdan, J.O.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatni davom ettirgan. Oqibatda u Cobalt va 2 ta Gentra bilan to‘qnashuv sodir qilib, haydovchilarga tan jarohati va mashinalarga shikast yetkazgan. So‘ng Matiz bilan (jami 5 ta mashina) to‘qnashuv sodir qilib, boshqaruvni to‘xtatgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.P. va J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘zganing mulkiga shikast yetkazish) va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mashina orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan P.G., Q.D., R.B.ga jamoat joyida mayda bezorilik qilganliklari va ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaganliklari uchun MJtKning 183 va 194-moddalari bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagan.
«Rulni u yoqqa, bu yoqqa burib tashladim. To‘xtama dedi, ko‘p mashina urildi, dovdirab qoldim. Nechta mashina urilganini bilmayman. Ulardan kechirim so‘rayman», deya yig‘lab ko‘rsatma bergan mashina boshqaruvida bo‘lgan ayol. Rasmiylarga ko‘ra, Gentra'ni boshqargan haydovchi giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan.
Mavzuga oid

10:28 / 21.04.2025
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi

17:33 / 20.04.2025
«5-6 ta mashinani urdik». Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi

22:10 / 19.04.2025
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi

17:25 / 20.02.2025