Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi
Fitch Ratings joriy yilda AQSh iqtisodiyoti 1,2 foizga, Xitoy iqtisodiyoti 4 foizdan kamroqqa, Yevropa Ittifoqi iqtisodiyot esa 1 foiz atrofida o‘sishini prognoz qilyapti.

Foto: fitchratings.com
Fitch Ratings 2025 yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozini qayta ko‘rib chiqdi. Agentlikka ko‘ra, joriy yilda global YaIM o‘sishi 2 foizdan kam bo‘lishi kutilyapti, bu 2009 yildan keyingi davrdagi eng yomon ko‘rsatkichdir.
Prognozlarning yomonlashishiga asosiy sabab sifatida savdo urushlarining kuchayishi ko‘rsatilyapti.
AQSh iqtisodiyoti 2025 yil oxiriga borib atigi 1,2 foizga o‘sishi mumkin. Xitoy iqtisodiyoti esa yiliga 4 foizdan kam ko‘rsatkichda o‘sadi. Yevropa Ittifoqi YaIM o‘sishi esa yil yakuniga qadar 1 foizdan past bo‘lishi kutilyapti.
Fitch mutaxassislariga ko‘ra, Brent markali neftning o‘rtacha narxi bir barreli uchun 65 dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid

08:05
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

10:53 / 12.04.2025
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi

13:39 / 11.04.2025