O‘zbekiston | 17:24 / 22.04.2025
11296
4 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti joriy yilning yanvar-mart oylarida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi. Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas biroz arzonlashgan. BYD va Kia'ning qator modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Xususan, yanvar-mart oylari davomida narxlar quyidagicha o‘zgargan.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Onix: ko‘p foydalanilgani 1000 dollarga (13 172 dollardan 12 170 dollarga) arzonlashgan;

  • kam foydalanilgani 400 dollarga (14 900 dollardan 14 500 dollarga) tushgan.

Lacetti: ko‘p foydalanilgani 300 dollarga (13 500 dollardan 13 200 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 200 dollarga (14 500 dollardan 14 300 dollarga) pasaygan;
  • kam foydalanilgani 150 dollarga (15 000 dollardan 14 850 dollarga) arzonlashgan.

Cobalt: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (11 600 dollardan 11 500 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha holatdagilari 339 dollarga (12 339 dollardan 12 000 dollarga) arzonlashgan;
  • kam foydalanilgani 70 dollarga (12 750 dollardan 12 680 dollarga) pasaygan.

Nexia: ko‘p foydalanilgani 284 dollarga (10 784 dollardan 10 500 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 600 dollarga (11 500 dollardan 10 900 dollarga) arzonlashgan.

Spark: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (9 600 dollardan 9 500 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha holatdagisi 100 dollarga (10 500 dollardan 10 400 dollarga) arzonlashgan.

Damas: o‘rtacha foydalanilgani 134 dollarga (8 000 dollardan 7 866 dollarga) pasaygan;

  • kam foydalanilgani 61 dollarga (8 061 dollardan 8 000 dollarga) tushgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar

Equinox: kam foydalanilgani 2400 dollarga (35 500 dollardan 33 100 dollarga) arzonlashgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 1000 dollarga (31 000 dollardan 30 000 dollarga) pasaygan;
  • ko‘p foydalanilgani 466 dollarga (27 300 dollardan 26 834 dollarga) tushgan.

Malibu: kam foydalanilgani 313 dollarga (32 313 dollardan 32 000 dollarga) arzonlashgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 150 dollarga (29 150 dollardan 29 300 dollarga) oshgan;
  • ko‘p foydalanilgani narxi o‘zgarmagan — 26 000 dollar.

Tracker: o‘rtacha foydalanilgani 382 dollarga (17 882 dollardan 17 500 dollarga) pasaygan;

  • ko‘p foydalanilgani 723 dollarga (16 923 dollardan 16 200 dollarga) tushgan;
  • kam foydalanilgani narx o‘zgarmagan — 18 000 dollar.

Elektromobillar

BYD E2: 800 dollarga (16 800 dollardan 16 000 dollarga) arzonlashgan.

BYD Han: yangi holatdagisi 650 dollarga (32 150 dollardan 31 500 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 1100 dollarga (35 000 dollardan 33 900 dollarga) arzonlashgan.

BYD Song Plus DM-i Champion: yangi holatdagisi 600 dollarga (28 200 dollardan 27 600 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 1200 dollarga (25 500 dollardan 24 300 dollarga) pasaygan.

BYD Song Plus EV Champion: yangi holatdagisi: 675 dollarga (28 000 dollardan 27 325 dollarga) arzonlashgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 500 dollarga (26 000 dollardan 25 500 dollarga) tushgan.

BYD Yuan Up: yangi holatdagisi 200 dollarga (20 800 dollardan 20 600 dollarga) pasaygan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 225 dollarga (19 000 dollardan 18 775 dollarga) arzonlashgan.

Xorijiy avtomobillar

Kia Sorento: kam foydalanilgani 3000 dollarga (47 500 dollardan 44 500 dollarga) tushgan;

  • ko‘p foydalanilgani 3000 dollarga (38 000 dollardan 35 000 dollarga) pasaygan.

Kia Sportage: kam foydalanilgani 1750 dollarga (31 750 dollardan 30 000 dollarga) tushgan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 678 dollarga (31 178 dollardan 30 500 dollarga) arzonlashgan;
  • ko‘p foydalanilgani 1233 dollarga (29 733 dollardan 28 500 dollarga) pasaygan.

Kia K5: o‘rtacha foydalanilgani 1200 dollarga (27 500 dollardan 26 300 dollarga) tushgan;

  • ko‘p foydalanilgani 900 dollarga (26 000 dollardan 25 100 dollarga) arzonlashgan.

Kia Seltos: kam foydalanilgani 550 dollarga (25 800 dollardan 25 250 dollarga, pasaygan;

  • o‘rtacha foydalanilgani 1350 dollarga (26 000 dollardan 24 650 dollarga) tushgan;
  • ko‘p foydalanilgani 500 dollarga (24 000 dollardan 23 500 dollarga) arzonlashgan.

Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plangan. Bunda yanvar oyi uchun 20,2 mingta, mart oyi uchun 22,5 mingta ma’lumotdan foydalanilgan.

Mavzuga oid