Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi
O‘tgan hafta Tramp Pauellning harakatlarini keskin tanqid qilib, uni foiz stavkalarini pasaytirishni istamaganlikda ayblagan edi.
Amerika fond bozori indekslari Pasxa bayramidan keyingi birinchi savdo sessiyasini keskin pasayish bilan yakunladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi tufayli moliyaviy bozorlar tarangligicha qolmoqda. Bozor ishtirokchilari Trampning Federal zaxira tizimi (Markaziy bank) raisi Jyerom Pauellni keskin tanqid qilishini Amerika Markaziy banki mustaqilligiga tahdid sifatida qabul qildi. Oqibatda, fond bozorlarida yanada pasayish kuzatildi.
O‘tgan hafta Tramp Pauellning harakatlarini keskin tanqid qilib, uni foiz stavkalarini pasaytirishni istamaganlikda ayblagan edi. Oq uyning iqtisodiy maslahatchisi Kevin Hasset prezident va uning jamoasi Pauellni ishdan bo‘shatish imkoniyatini o‘rganishda davom etayotganini aytdi.
21 aprel kuni Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Pauellni «katta omadsiz» deb atadi va zudlik bilan stavkani pasaytirishni talab qilgan yangi postini joylashtirdi.
Mutaxassislar AQSh iqtisodiyotida sezilarli pasayish xavfi tufayli AQSh kompaniyalari uchun foyda prognozlarini tezlik bilan pasaytirmoqda, deb qayd etdi Morgan Stanley tahlilchisi Maykl Uilson.
«Kompaniyalar koronavirus pandemiyasi davridan beri eng jiddiy noaniqlikka duch kelmoqda», dedi Uilson eslatmada. «Bu daromadlar prognozini qayta ko‘rib chiqishga olib keladi».
Qo‘shma Shtatlarda iqtisodiy faollik shu yozda tushib ketishi mumkin, deb ogohlantirdi Chikago Federal zaxira banki prezidenti Ostan Gulsbi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir biznes va iste’molchilar import bojlari oldidan zahiralarni to‘plashga intilayotgani sababli ishbilarmonlik faolligi sun’iy ravishda oshirilgan bo‘lishi mumkin.
21 aprel kuni aksiyalari narxi keskin pasaygan kompaniyalar orasida UnitedHealth Group Inc. (-6,3%), Nvidia Corp. (-4,5%), Salesforce Inc. (-4,5%), American Express Co. (-3,5%), Sherwin-Williams Co. (-3,3%), 3M Co. (-3,2%) yetakchi bo‘ldi.
Savdolar yakuniga ko‘ra Dow Jones sanoat indeksi 971,82 punktga (2,48%) tushib, 38 170,41 punktni tashkil qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025