Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Avvaliga orbitada oziq-ovqatning asosiy tarkibiy qismlari - oqsil, yog‘ va protein yetishtiriladi. Keyin esa ulardan oddiy ovqat tayyorlab ko‘riladi.
Yevropa kosmik agentligi kosmonavtlar uchun mazali va odatdagi taomlarni orbitaning o‘zida tayyorlash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda. Keyinchalik bu usuldan Oy va Marsda foydalanish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda BBC.
Britaniyaning Frontier Space kompaniyasi London imperial kolleji bilan hamkorlikda shug‘ullanayotgan loyiha laboratoriya sharoitida oziq-ovqatning asosiy tarkibiy qismlari — oqsil, yog‘ va proteinni yetishtirish, keyin esa ulardan oddiy ovqat tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, tajribaning muvaffaqiyatli kechishi kosmonavtlar uchun mo‘ljallangan yeguliklar qiymatini sezilarli darajada tushirishga imkon beradi — hozirda bir kosmonavtning bir kunlik yegulik taxminan 26 ming dollarga tushadi.
Tarjibaning birinchi bosqichi doirasida SpaceX kompaniyasining Falcon 9 tashuvchi raketasi yordamida orbitaga genetik jihatdan o‘zgartirilgan achitqi hujayralarini o‘z ichiga olgan bioreaktorga ega sun’iy yo‘ldosh uchirilgan. Sun’iy yo‘ldosh Yerga qaytganidan keyin olimlar achitqilar holatini o‘rganadi. Natijalar oziq-ovqatning asosiy komponentlarini yetishtirish uchun bioreaktor yaratish imkonini beradi. U esa o‘z navbatida keyingi yil orbitaga uchiriladi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu elementlardan 3D-printer ko‘rinishidagi qurilmadan foydalangan holda istalgan taomni tayyorlash mumkin bo‘ladi. Imperial kollejida retseptlar allaqachon ishlab chiqilmoqda. Tajriba taomlaridan biri — sousli teftel, britaniyalik birinchi astronavt Xelen Sharman uni tatib ko‘rishga ham ulgurgan. U taomni «juda mazali» va «ishtahani qo‘zg‘atadigan» deb ta’riflagan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
01:39 / 17.05.2025