Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
8 yoshli o‘g‘lini jazolash maqsadida uning barmoqlari orasiga paxta tiqib yoqqan ayol sudda buni jahl ustida qilganini aytdi. Sud uni qiynash jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topdi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘z bolasini qiynab, jarohat yetkazgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1991 yilda tug‘ilgan X.A. 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘li B.A.ga doimiy ravishda azob berib kelgan. Ayol 2024 yil 30 oktyabr kuni o‘g‘li uydagi shirinliklarni yeb qo‘ygani sababli uning barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqan. Buning oqibatida bola 1-2-darajali termik kuyishdan iborat bo‘lgan sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil tan jarohatlari olgan.
Boladagi jarohatlarni maktabda o‘qituvchilar payqab qolgan. Ularning so‘roviga javoban bola bu ishni onasi qilganini aytgan.
JIB Olmaliq shahar sudining hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida o‘tash belgilangan.
Avvalroq ushbu ayolga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, u qidiruvga berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

10:10 / 05.03.2025