Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi so‘zlariga ko‘ra, hozir sinovlarni qayta boshlashga shoshilinch ehtiyoj yo‘q, ammo mamlakat so‘nggi yillarda harbiy salohiyatini oshirgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, agar AQSh yadroviy sinovlarni qayta tiklasa, Rossiya Mudofaa vazirligi va Rosatom ham shunga tayyorligini aytdi. TASS agentligiga bergan intervyusida u AQSh hozir yangi qurol tizimlarini faol ravishda ishlab chiqayotganini ta’kidladi.
«Ayni damda Amerika yadro qurollarining kafolat muddati tugayapti, bunga parallel ravishda yangi qurol tizimlari faol ishlab chiqilmoqda. Bu AQShni yadroviy sinovlarni qayta boshlashga undashi mumkin», dedi Sergey Shoygu.
Shu bilan birga, Shoygu hozir sinovlarni qayta boshlashga shoshilinch ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillarda harbiy salohiyatini oshirgan.
SSSR so‘nggi yadroviy sinovni 1990 yil 24 oktyabrda Novaya Zemlya orolida o‘tkazgan va 70 kilotonna quvvatga ega bo‘lgan bombadan foydalangan edi. Shundan beri yadroviy sinovlarga moratoriy joriy qilindi. 1949 yildan 1990 yilgacha SSSR 715 ta yadroviy sinovni o‘tkazgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025