Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida asosiy e’tibor mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va xatarlarga baho berishning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishda maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Foto: DXX
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tadbir O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi. Tadbir ochilishida ishtirokchilarga prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaati o‘qib eshittirildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari muloqoti mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv davomida asosiy e’tibor mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va xatarlarga baho berishning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishda maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy narkotik va qurol-yaroq aylanmasiga qarshi kurashish, transmilliy jinoyatchilik, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi dolzarb masalalarni hamda o‘zaro manfaatli boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida maxsus xizmatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlariga asos soldi.
Mavzuga oid

09:10
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik

19:56 / 22.04.2025