Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi
Hindiston aviakompaniyalari uchun Pokiston havo hududining yopilishi ko‘plab xorijiy va mahalliy parvozlarni imkonsiz qildi.

Foto: Getty images
Hindistonning IndiGo xususiy loukosteri Toshkent – Dehli va Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar to‘xtatilganini e’lon qildi.
Shuningdek, Hindiston aviakompaniyalari uchun Pokiston havo hududining yopilishi tufayli 800 dan ortiq mahalliy reyslar ham boshqa sanalarga qoldirildi.
Kompaniya hozir 50 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarning parvoz vaqti uzayib ketganini ma’lum qildi.
«Joriy qilingan cheklovlar afsuski, IndiGo aviaparki uchun Olmaota va Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarni imkonsiz qiladi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Toshkentga va Qozog‘istonning Olmaota shahriga parvozlar kamida 7 may kunigacha to‘xtatilgan.
Kashmirda yuz bergan terakt tufayli Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Oqibatda har ikki tomon bir-biriga nisbatan turli cheklovlarni joriy qilmoqda.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

21:17 / 23.05.2025