Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi
BMT Statistika komissiyasi universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi. Komissiya a’zolik O‘zbekistonga global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish imkonini beradi.

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov / Foto: Facebook
Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 2026-2029 yillarga a’zo davlatlari saylandi. Tarixda ilk marta O‘zbekiston Respublikasi ushbu organ a’zosi etib bir ovozdan saylandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Statistika komissiyasiga to‘liq a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Statistika komissiyasi 1947 yilda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan.
Komissiya xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot bo‘lib, universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi. Komissiya 24 ta davlatdan iborat bo‘lib, ular 4 yilda bir marta geografik taqsimotni hisobga olib saylanadi.
Mavzuga oid

10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi

11:21 / 23.05.2025