Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi.

Sun’iy intellekt chizgan surat
Poytaxt IIBB ma’lum qilishicha, fuqaro A. Toshkentdagi ta’lim muassasalaridan birida dars berib kelgan. U o‘z o‘quvchisini oliygohga kiritib qo‘yishiga ishontirib, undan 8 ming dollar oladi.
Biroq jinoiy ishi fosh bo‘lgach, u firibgarlik moddasi bilan sud tomonidan 2 yil-u 6 oyga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.
Fuqaro ushbu ishlardan so‘ng o‘quvchining ishonchiga kirib, uni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beradi.
Fuqaro avval 16 ming, keyin yana 2 ming dollar talab qilgan. 2023 yilning 7 avgustida fuqaro A. o‘quvchidan 13 ming dollar olayotgan paytida qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ochiq sud majlisida 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.A.ning qilmishini qonunan baholab, uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi.
Ayblanuvchiga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

11:10 / 09.05.2025
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi

19:13 / 07.05.2025
«Tibbiyot xodimlari sonida va sohani moliyalashtirishda muammo yo‘q. Lekin sifat bo‘yicha e’tirozlar juda ko‘p» - prezident

13:10 / 07.05.2025