Tramp yangi antirekord o‘rnatdi
ABC: Trampning 100-kunlik boshqaruvini ma’qullash ko‘rsatkichi 80 yil ichida eng past darajani tashkil etdi.

Foto: Nathan Howard/Reuters
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning 100-kunlik boshqaruvidagi siyosatini ma’qullash darajasi 80 yil ichida eng past darajaga tushdi. Bu haqda ABC News ABC News/Washington Post/Ipsos so‘roviga asoslanib yozmoqda.
Hozirda Trampning prezidentlikning birinchi 100 kundagi faoliyatini 39 foiz respondent ma’qullamoqda, 55 foiz esa ma’qullamaydi. Shu bilan birga, AQSh davlat rahbarining siyosatini ma’qullash bo‘yicha avvalgi antirekord Tramp tomonidan 2017 yilda o‘rnatilgan — u 42 foizni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoatchilik Trampning ko‘plab siyosiy qarorlarini ma’qullamaydi va ayniqsa, iqtisodiy siyosatini retsessiya xavfi tufayli tanqid qilmoqda, uni 72 foiz respondent yaqin kelajakda sodir bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Shunga qaramay, Trampga bo‘lgan ishonch demokrat kongressmenlarnikiga qaraganda hali ham yuqoridir.
Bundan avval Associated Press agentligi Trampning prezident sifatidagi birinchi 100 kuni 70 foiz AQSh aholisi uchun kutilgan darajada bo‘lganini yozgan, shu bilan birga 62 foiz respondent AQSh noto‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanmoqda deya hisoblagan.
Ilgari o‘tkazilgan so‘rovlar ko‘rsatadiki, amerikaliklarning ko‘pchiligi Trampni yangi prezidentlik muddatiga nomzod sifatida ko‘rmoqchi emas.
Mavzuga oid

22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

22:06 / 20.05.2025
AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin

20:43 / 20.05.2025
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:07 / 20.05.2025