Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Federatsiyaning ta’sis yig‘ilishida shu haqdagi qaror qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Xonobod shahrida tashkil etilgan Etno strongman games (Bahodirlar o‘yini) bo‘yicha jahon kubogi va tosh ko‘tarishda jahon chempionati doirasida Osiyo Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasining ta’sis konferensiyasi o‘tkazildi.
Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
Ta’kidlanishicha, muqaddam Osiyo mintaqasida sportning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha federatsiya mavjud bo‘lmagan.
Mavzuga oid

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025