Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Aprel oyida neftning ikkala navi mos ravishda taxminan 15 foiz va 16 foizga arzonlashdi.

Foto: AP
Donald Trampning global tarif urushi uch yarim yil ichida global neft narxining bir oylik eng katta pasayishiga olib keldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, 30 aprel kuni Brent markali neft fyucherslari 49 sentga yoki 0,8 foizga tushib, bir barrel uchun 63,76 dollarni tashkil qilgan. AQSh West Texas Intermediate xomashyosi fyucherslari 40 sent yoki 0,7 foizga tushib, bir barrel uchun 60,02 dollarni tashkil qildi.
Umuman olganda, aprel oyida neftning ikkala navi mos ravishda taxminan 15 foiz va 16 foizga arzonlashdi. Bu 2021 yil noyabridan beri eng katta pasayishdir. Reuters agentligi neft narxining pasayishini AQShning 2 aprelda e’lon qilingan yangi tarif siyosati bilan bevosita bog‘laydi, unga ko‘ra Amerikaga barcha importlar qo‘shimcha boj oladi. Bunga Xitoy tomonidan ko‘rilgan javob choralari ham qo‘shildi.
Reuters so‘rov o‘tkazgan tahlilchilarning bashorat qilishicha, Trampning tariflari joriy yil boshidayoq jahon iqtisodiyotining retsessiyaga tushib qolish ehtimolini oshirgan. Aprel oyida Xitoydagi zavodlarda ishlab chiqarish hajmida so‘nggi 16 oy ichidagi eng tez pasayish kuzatildi.
Neft narxini pasaytirgan qo‘shimcha omil OPEK+ mamlakatlari tomonidan qazib olish hajmining oshirilishi kutilmalari edi. May oyida, ehtimol, iyun oyida qazib olish hajmi oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025