O‘zbekiston | 13:56 / 02.05.2025
1558
1 daqiqa o‘qiladi

1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Buxoro viloyatida 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L. N. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 22 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid