Jahon | 23:57 / 02.05.2025
2623
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Kasallik tarixida u xom mol go‘shti iste’mol qilgani ko‘rsatilgan.

Foto: Bangkok Post

Tailandda erkak Sibir kuydirgisidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.

«Bemorning o‘ng qo‘lida jarohat bor edi, o‘ng qo‘ltiq ostidagi limfa tugunlari esa shishib ketgandi. Kasallik tarixida u xom mol go‘shti iste’mol qilgani ko‘rsatilgan. Dastlabki tashxis septik shokka ishora qilgan, Tibbiyot fanlari departamentining laboratoriya tadqiqotlari bo‘lsa Sibir kuydirgisini keltirib chiqaradigan Bacillus anthracis bakteriyasi mavjudligini ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.

Tailand Kasalliklarni nazorat qilish departamenti ushbu holat mamlakat shimoli-sharqidagi Mukdaxan provinsiyasida yuz berganini tasdiqlagan. 53 yoshli erkak infeksion kasallikni diniy bayram vaqtida yegan mol go‘shtidan yuqtirib olgani taxmin qilinmoqda.

2 may kuni Mukdaxan provinsiyasida yana bir kishida Sibir kuydirgisi aniqlangan.

«Aniqlangan holatlardan biri o‘lim bilan yakunlandi. Ijobiy natija OT-TsR usuli orqali tasdiqlandi. Ehtimoliy yana ikki bemorning test natijalari ertaga e’lon qilinishi kutilmyapti», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mamlakatda 638 kishi o‘zlarining laboratoriya tahlili natijalarini kutmoqda. Ularning 36 nafari chorva mollarini so‘yish bilan shug‘ullangan, 472 nafari xom go‘sht iste’mol qilgan, 130 nafari ular bilan aloqada bo‘lgan.

Avvalroq Pitsburg universiteti olimlari Sibir kuydirgisining so‘nggi bosqichlarini davolashda yutuqqa erishib, hujayralarning yakuniy shikastlanishini qaytarish imkoniyatiga ega usulni ishlab chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid