Toshkentda "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
24-25 aprel kunlari "HAYOT BIRJA" AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro va milliy hamkorlar ko‘magida "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumini tashkil etishdi.

Tadbir davlat organlari, biznes vakillari, ekspertlar hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ochiq va konstruktiv muloqot uchun muhim platformaga aylandi.
Forumda 250dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan, vazirlik va idoralar, davlat korxonalari, xususiy sektor, xalqaro taraqqiyot institutlari vakillari, xaridlar sohasidagi yetakchi xorijiy ekspertlar qatnashdilar.
Ikki kun davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini o‘zgartirishning asosiy jihatlarini muhokama qilishdi, bunda shaffoflik, samaradorlik va raqobatbardoshlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yalpi majlislar va panel muhokamalarida ko‘tarilgan mavzular orasida:
- xarid jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
- qonunchilik bazasini takomillashtirish;
- kichik va o‘rta biznes ishtirokini kengaytirish;
- adolatli va ochiq raqobatni ta’minlash;
- xalqaro standartlar va tajribani integratsiyalash masalalari muhokama qilindi.
Forumda ishtirok etgan xalqaro hamkorlar:
- Osiyo taraqqiyot banki;
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
- Jahon banki;
- Islom taraqqiyot banki.
Xorijiy ekspertlarning ma’ruzalariga alohida e’tibor qaratildi, ular ilg‘or jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi, xaridlarni tartibga solishning zamonaviy trendlari haqida gapirib berishdi va O‘zbekistonda xaridlar tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Forum doirasida panel munozaralari bo‘lib o‘tdi, unda o‘zaro fikr almashindi, ma’ruzachilarga savollar berildi hamda davlat xaridlari sohasidagi dolzarb vazifalarni hal qilishning amaliy yo‘llarini muhokama etildi.
"HAYoT BIRJA" AJ asosiy tashkilotchilardan biri sifatida xalqaro standartlarga javob beradigan samarali, shaffof va zamonaviy davlat xaridlari tizimini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu forumning o‘tkazilishi korxonaning O‘zbekiston Respublikasida ochiq va qulay xarid muhitini yaratish bo‘yicha maqsadlarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Murojaat uchun telefon raqami: +998 78 150-03-14
Veb-sahifa: hayotbirja.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

12:28 / 05.03.2025
Davlat idoralaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlarni 2 karra qisqartirish topshirildi

15:51 / 26.10.2021
Moliya vazirligi xatida 10 mlrd so‘m o‘rniga 100 mlrd so‘m yozilib ketdi

16:19 / 05.10.2021
Samarqandda davlat xaridlarini amalga oshirishda sodir etilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha viloyat prokuraturasi o‘rganish olib borayotgani ma'lum qilindi

12:44 / 04.10.2021