Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Misrning Sabbour Consulting kompaniyasi bosh ijrochi direktori Umar Sabbur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Umar Sabbur O‘zbekiston vakillari bilan qurilish va konsalting yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Mazkur loyihalarga misrlik yuqori malakali muhandislar va mutaxassislar hamda Saudiya Arabistonidagi sheriklar ham jalb qilinadi.
U, shuningdek, joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Sabbour Consulting ko‘p tarmoqli muhandislik konsalting kompaniyasi bo‘lib, u 1957 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Misrda shaharsozlik va yangi infratuzilmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan Qohira metrosi loyihasi, "6 oktabr" va Yangi Bani Suvayf kabi shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Kompaniya arxitektura va konstruktiv loyihalash, shaharsozlik va landshaft dizayni, mexanik, elektr va sanitariya muhandisligi, loyiha boshqaruvi, qurilish nazorati, mulkni baholash kabi xizmatlarni taklif etadi.
Mavzuga oid

12:58 / 03.05.2025
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

13:41 / 29.04.2025
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

19:20 / 25.04.2025