Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
Saudiya Arabistonining Sahm News gazetasida "Inson salohiyati taraqqiyoti tashabbusi 2025 xalqaro forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Unda vazir Hilola Umarova boshchiligidagi O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan Human Capability Initiative–2025 xalqaro forumida ishtirok etgani ma’lum qilingan.
Ushbu muhim tadbir dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilarni ta’lim, iqtisod va texnologiya sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ushbu muammolarga innovatsion yechimlarni topish uchun birlashtirdi. O‘zbekiston ushbu tadbirga Markaziy Osiyodan taklif etilgan yagona davlat bo‘ldi.
Forum doirasida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 million AQSh dollari miqdoridagi grant shartnomasi imzolandi.
"Mazkur loyiha O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktabni qurish, maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish dasturlari, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi vazifalarni qamrab oladi", – deyiladi maqolada.
Mavzuga oid
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:22 / 23.05.2025