O‘zbekiston | 13:52 / 03.05.2025
3812
1 daqiqa o‘qiladi

“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi

O‘qituvchining xatti-harakatlari pedagog odobiga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan va unga nisbatan oylik ish haqining 30 foizida jarima qo‘llangan.

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 37-maktabning o‘qituvchisi o‘quvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aytilgan xabarlar yuzasidan Samarqand maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘qituvchi maktabdagi 2-“a” sinfiga rahbarlik qiladi. O‘qituvchi 3-soat – o‘qish fani dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng, 5 daqiqalik tanaffus vaqtida 2-“a” sinf o‘quvchilarining boshqa sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelishmovchiligiga guvoh bo‘lgan. Ularni tartibga chaqirish maqsadida 4-soatda ota-onasini chaqirishini aytib ruhiy bosim o‘tkazgan.

Rasmiylarga ko‘ra, o‘qituvchining dars jarayonidagi holati pedagog odobiga to‘g‘ri kelmaydi, shu sabab unga nisbatan intizomiy jazo chorasi, oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llanishi belgilangan.

Mavzuga oid