Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 14 yoshli qiz tasodifan oshqoshiqni yutib yubordi
Qiz tomog‘iga tiqilib qolgan olma bo‘lagini chiqarib olishga uringanida qoshiqni yutib yuborgan. Shifokorlar uni chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
L.M.Roshal nomidagi Bolalar klinik markazi shifokorlari 14 yoshli qizning oshqozonidan oshqoshiqni chiqarib oldi. Bu haqda Moskva oblasti Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bemorning aytishicha, u tomog‘iga tiqilib qolgan olma bo‘lagini chiqarib olmoqchi bo‘lganida tasodifan qoshiqni yutib yuborgan. Shifokorlar rentgenografiya o‘tkazib, qizning oshqozonini videoskop yordamida tekshirgan.
Uzunligi 15 santimetrga yetadigan qoshiq deyarli ko‘ndalang turib qolgan — uning ingichka qismi oshqozon devoriga, keng qismi esa o‘n ikki barmoqli ichakka tiralgan.
Shifokorlar ushbu qoshiqni endoskopik ilgak yordamida chiqarib oldi. Oshqozondagi predmet maxsus tutqichlar yordamida halqumgacha tortilgan, so‘ngra qisqich orqali butunlay olib tashlangan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bemor qizga kasalxonadan ruxsat berilgan. Shifokorlar qoshiq organizmga zarar yetkazishga ulgurmaganini ta’kidladi.
Avvalroq AQShning Florida shtati politsiyasi Tiffany & Co zargarlik do‘konidan 769,5 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yuborgan shaxsni qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025