Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
Rasmiy dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, millatchilik kayfiyatidagi partiya yetakchisi Jorjye Simion 40,85 foiz ovoz olgan. Buxarest meri Nikushor Dan ham 20,96 foiz ovoz bilan takroriy prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga chiqdi.
Ruminiyada 5 may kuni bo‘lib o‘tgan takroriy prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida «Ruminlarni birlashtirish uchun ittifoq» rumin millatchi partiyasi yetakchisi Jorjye Simion g‘alaba qozondi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 99,8 foizi sanab chiqilgach, u 40,85 foiz ovoz to‘plagan. Siyosatchi mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmadi, shuning uchun saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Simionning raqibi o‘ng markazchi «Ruminiyani qutqarish ittifoqi»ning asoschisi, 20,96 foiz ovoz olgan Buxarest general meri Nikushor Dan bo‘ladi.
Birinchi turda uchinchi o‘rin 20,15 foiz ovoz olgan «Ruminiya, oldinga» markazchilar alyansi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Krin Antoneskuga nasib etdi. U ikkinchi bosqichga chiqa olmadi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda 9,57 millionga yaqin kishi yoki ovoz berish huquqiga ega Ruminiya fuqarolari umumiy sonining 53,2 foizi ovoz bergan. Xorijdagi saylov uchastkalarida 973 ming kishi ovoz berdi.
4 may kuni Simion agar u takroriy prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, avvalgi saylovlarning birinchi bosqichida g‘alaba qozongan hokimiyatdan chetlatilgan o‘ta o‘ng siyosatchi Kalin Jorjyesku hokimiyatga qaytishi mumkinligini aytdi, biroq uning natijasi bekor qilindi.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:32 / 19.05.2025