AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
Ushbu mamlakatlar aholisining katta qismi yaqin 5–10 yil ichida uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin deb hisoblaydi. Yevropaliklar, shuningdek, AQSh siyosatining o‘zgarishlaridan xavotirda.

Foto: AP
G‘arbiy Yevropa va AQSh aholisining katta qismi yaqin 5–10 yil ichida uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda Britaniyaning YouGov tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Yevropadagi respondentlarning 41 foizdan 55 foizgacha bo‘lgan qismi hamda AQShdagilarning 45 foizi yangi urush ehtimolini «yuqori» yoki «anchayin yuqori» deb baholagan. 68 foizdan 76 foizgacha odamlar bu urushda yadroviy qurol qo‘llanilishiga ishonmoqda. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 57 foizdan 73 foizgacha qismi bu urushda talafotlar Ikkinchi jahon urushidan ham ko‘proq bo‘lishiga ishonadi, 25 foizdan 44 foizgacha respondent esa butun insoniyatning katta qismi halok bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.
Shunga qaramay, faqat kamchilik — Italiyada 16 foizdan Fransiyada 44 foizgacha — o‘z mamlakatlarining qurolli kuchlari urush paytida himoyani ta’minlay olishiga ishonadi. Taqqoslash uchun, amerikaliklarning 71 foizi o‘z armiyasining kuchiga ishonch bildirgan.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniyadagi respondentlarning 72-82 foizi Rossiyani asosiy tahdid deb atagan. Xuddi shunday fikrni amerikaliklar foizi ham bildirgan. Yevropaliklar, shuningdek, AQSh siyosatining o‘zgarishlaridan xavotirda: Ispaniya (58 foiz), Germaniya (55 foiz) va Fransiyadagi (53 foiz) respondentlar Vashington bilan keskinlikni Yevropa tinchligiga jiddiy tahdid deb hisoblagan.
So‘rovda Ikkinchi jahon urushi mavzusi ham ko‘tarilgan. Natsistlar ustidan g‘alabada kim hal qiluvchi rol o‘ynagan, degan savolga respondentlarning 40 foizdan 52 foizgacha qismi AQShni, 17-28 foizi esa Sovet Ittifoqini tanlagan. Buyuk Britaniyada fuqarolarining 41 foizi o‘z mamlakatini asosiy g‘olib deb hisoblaydi, ammo amerikaliklar va boshqa yevropaliklar orasida buni faqat 5-11 foiz respondent qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid

21:56 / 06.05.2025
Tramp husiylar «taslim bo‘lganini» e’lon qildi

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

18:12 / 06.05.2025
Shveytsariya banki amerikaliklarga soliqdan qochishda yordam bergani uchun 511 mln dollar jarima to‘laydi

15:58 / 06.05.2025