Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarning yuridik shaxslar ustav fondidagi ulushlarni olishga qo‘yiladigan talablar o‘zgarmoqda
Markaziy bank boshqaruvining «Tijorat banklari tomonidan ko‘chmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu cheklov bank tomonidan mazkur yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilishga, shu jumladan mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish summasini hisoblashda qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar kapital monandligi hisob-kitoblarida bank kontragentiga (emitentga) belgilangan tavakkalchilik darajasi asosida tavakkalchilikka tortilgan qiymatda hisobga olinishi haqidagi norma bekor qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
15:39 / 18.04.2025
Fitch Ratings: O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin
14:22 / 17.04.2025