Jahon | 23:51 / 06.05.2025
748
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik ayol dam olish kuni ishdan bo‘shatilgani uchun 25 ming funt undirib oldi

Kompaniya menejeri videoaloqa orqali ayolga ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgan. Sud esa kompaniya zimmasiga sobiq xodim uchun kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklagan.

Foto: Getty images

Buyuk Britaniyada ayol dam olish kuni ishdan bo‘shatib yuborilgani uchun kompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi. Sobiq ish beruvchi Joann Nilga 25 ming funt sterling to‘laydigan bo‘ldi, deb yozadi The Telegraph.

Qayd etilishicha, dam olish kuni ayolga ishxonasidan videoaloqa orqali uchrashuv o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar kelgan. Suhbat vaqtida kompaniya menejeri unga ayol qisqartiriladigan xodimlar ro‘yxatiga tushganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Joannga savol berish yoki qaror ustidan shikoyat kiritish imkoniyati taqdim etilmagan.

Nil sudga murojaat qilib, ishdan bu usulda bo‘shatilish uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirgan. Sudya Liz Ordning ta’kidlashicha, uchrashuv haqida kech ogohlantirish va uning mazmunidan bexabar bo‘lish Joanni noqulay vaziyatga solib qo‘ygan.

Britaniyalik ayolga 2022 yilda u rahbariyatdan sog‘lig‘idagi muammolar tufayli haftasiga ikki kun uydan ishlashga ruxsat so‘ragani yordam bergan. Kompaniya Nilning so‘rovini rad etgan, shuningdek, uning kasallik ta’tilini olish imkoniyatini ham cheklagan.

Janubiy London sudi mazkur holatni jinsiy kamsitish deb tan olgan, chunki qisqartirish ish jadvaliga bog‘liq holda amalga oshirilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar erkaklarnikiga qaraganda to‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlab kelgan. Sud kompaniyaga ayol ma’naviy zarar ko‘rgani va daromaddan quruq qolgani uchun 25 ming funt sterling to‘lash majburiyatini yuklagan.

Mavzuga oid